Nur Alif

AlifdanQur'onga

Nur Alif — arab harflarini va tajvid qoidalarini noldan o'rgatadigan bepul ilova. Kuniga 5 daqiqa.

O'rganish usuli

Yigirma sakkiz harf, o'ngdan chapga, har biri o'z ovozi bilan. Tinglaysiz, takrorlaysiz, va o'qiy boshlaysiz.

Kufiy xatda yozilgan Usmon Mus'hafi sahifasi: harakatsiz, nuqtasiz yirik harflar
Usmon Mus'hafi, VIII asr. Asli Toshkentda, Hazrati Imom majmuasida.
Pergamentdagi kufiy Qur'on sahifasi, harakatlar qizil nuqtalar bilan belgilangan
Abbosiylar davri Qur'on varag'i. Harakatlar qizil nuqtalar bilan qo'yilgan.

Har bir harf qori ovozida yangraydi. Siz eshitasiz, ovoz chiqarib qaytarasiz, so'ng kichik testda o'zingizni tekshirasiz. Darslar tartib bilan ochilib boradi.

Avval harflar, keyin tajvid

Ilovada ikki bo'lim bor. Birinchisida faqat harflar, ikkinchisida o'qish va tajvid qoidalari.

Harflar · 10 dars, har birida test

  • 28 harf
  • Talaffuz joyi
  • Qayta mashq

Tajvid · 9 bo'lim, 97 dars

  • Harakat va tanvin
  • Cho'ziq unlilar, madd
  • Sukun va tashdid
  • Qisqa iboralar
  • Nun sokin va tanvin
  • Mim sokin, lom, qalqala
  • Madd turlari
Nur Alif ilovasidagi Harflar bo'limi: keyingi dars, maslahatlar va 28 harfli alifbo jadvali
Harflar bo'limi
Nur Alif ilovasidagi Tajvid bo'limi: harakatlar mavzusi, ko'rsatma va darslar
Tajvid bo'limi

Harf nomini yozing

Masalan, «Bo» yoki «Shin». Ilovadagidek: harf, uning talaffuz joyi va qaysi harflar bilan adashtirmaslik kerakligi.

ب

Ba (o'zbekcha «Bo»)

Talaffuz joyi:
Ikki lab
Adashtirmang:
ت ث
Ilovada:
1-dars

Yoki tanlang:

Bitta dars, besh daqiqa

Har dars bir xil yo'ldan boradi: ko'rasiz, eshitasiz, qaytarasiz, tekshirasiz. Bugungi dars tugamaguncha keyingisi ochilmaydi.

Ilovadagi Alif harfi kartasi: harf, uning nomi, talaffuz joyi va tinglash tugmasi

1-dars: Alif, Ba, Ta, Tha

Harflar bo'limi

Boshida

  • Harfni ko'rasiz, qori ovozini tinglaysiz1 daq
  • Ovoz chiqarib uch marta qaytarasiz1 daq

O'rtasida

  • Talaffuz joyini o'qiysiz30 s
  • O'xshash harflarni ajratasiz30 s

Oxirida

  • Eshitganingizni to'rttadan tanlaysiz2 daq
  • Xatolar «Qayta mashq»ga tushadi—

To'rt harf alifboda belgilanadi≈ 5 daq

Toshkentdagi Hazrati Imom masjidining ichki mehrobi: oq-zangori bezaklar va oltin yozuvlar
Hazrati Imom masjidi, Toshkent

Kitob, video va Nur Alif

Nur AlifQog'oz qoida kitobiVideo darslar
Harf ovoziHar harfda, qori ovozidaYo'q, ustoz kerakBor, lekin qidirish kerak
Sizni tekshiradiHar dars oxirida testYo'qYo'q
Talaffuz joyiHar harfning kartasidaBa'zan, qisqaUstozga qarab
Tajvid qoidalariMisolda rangli belgilanganMatnda yozilganMavzuga qarab
TartibDarslar ketma-ket ochiladiO'zingiz kuzatasizO'zingiz kuzatasiz
InternetsizIshlaydiIshlaydiIshlamaydi
NarxiBepul, reklamasizKitob narxiTurlicha

Nega bepul va kim uchun

Nur Alif Qur'onni o'z ko'zi bilan o'qishni istagan, lekin qayerdan boshlashni bilmagan odamlar uchun yaratilgan. Ilova arab tilini bilishni talab qilmaydi: birinchi harfdan boshlaydi va har qadamni o'zbek tilida tushuntiradi. Harf va so'zlar ovozi Mu'alim al-Qur'an loyihasidan, Sulton Qobus Katta masjidi qoshidagi Islomiy ma'lumot markazi ruxsati bilan olingan va hech o'zgartirilmagan. Ilova har doim bepul bo'ladi: unda reklama ham, obuna ham yo'q, natijalaringiz faqat sizning qurilmangizda va iCloud'ingizda saqlanadi. Uni Toshkentdagi CODELINK jamoasi qilmoqda. Ilova ustozning o'rnini bosmaydi, lekin ustozga borgan kuningiz harflarni allaqachon taniysiz. Taklif yoki xatoni bizga yozing.

Ko'p beriladigan savollar

Ilova haqiqatan ham bepulmi?

Ha. Barcha darslar, ovozlar va mashqlar bepul. Reklama yoki obuna yo'q va bo'lmaydi.

Arab tilini umuman bilmasam ham bo'ladimi?

Ha, ilova aynan shu uchun. Birinchi dars Alif, Ba, Ta, Tha harflaridan boshlanadi; har bir qadam o'zbek tilida tushuntiriladi.

Ovozlar kimniki?

Harf, harakat va so'zlar Mu'alim al-Qur'an loyihasining yozuvlari (Islomiy ma'lumot markazi, Sulton Qobus Katta masjidi, Ummon). Ular ruxsat bilan, o'zgartirilmagan holda ishlatilgan.

Internetsiz ishlaydimi?

Ha. Darslar va ovozlar ilovaning ichida, internet faqat iCloud sinxronizatsiyasi uchun kerak.

Qaysi telefonlarda ishlaydi?

iPhone'da iOS 17 va undan yangi versiyalarda, Android'da 8.0 va undan yangi versiyalarda. Ilova o'zbek, rus va ingliz tillarida.

Ma'lumotlarim qayerda saqlanadi?

Natijalaringiz qurilmangizda, Apple orqali kirsangiz shaxsiy iCloud'ingizda. Batafsil maxfiylik siyosatida, sahifaning eng pastida.

Alifdanboshlang

Nur Alif iPhone va Android uchun. App Store va Google Play'ga tez orada chiqadi.